locale OZ

Gomez qishda jamoasini almashtirishi mumkin

Futbolchiga Italiya klubi da'vogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gomez qishda jamoasini almashtirishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Liverpul” himoyachisi Jo Gomez qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar qishda yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolasa, Gomezni ketishiga hech kim to'sqinlik qilmaydi.

Angliyalik 28 yoshli futbolchiga “Milan” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Milanliklar yozda ham taklif bilan chiqqan, biroq kelisha olishmagandi.

Qayd etilishicha, “qizillar” Gomez uchun 10–15 million yevro atrofida pul talab qilmoqda. Ammo bu faqat klub yangi himoyachi bilan kelishuvga erishsa amalga oshishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting