locale OZ

Gomes: «Iraola bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapmiz»

Andoni «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gomes: «Iraola bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapmiz»
ФОТО: Getty images

«Liverpul» himoyachisi Jozef Gomes jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola haqidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda yaxshi. U haqiqatan ham juda yaxshi inson sifatida taassurot qoldirmoqda. Uning "Bornmut"da qilgan ishlari va jamoani qanday o‘yin namoyish etishga olib chiqqanini ko‘rish juda ta’sirli edi.

O‘ylaymanki, barchamiz u bilan ishlashni sabrsizlik bilan kutyapmiz va uning kelganidan xursandmiz. Biz yangi mavsumni boshlash uchun chanqoqmiz va katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — dedi Gomes «Liverpul» matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Andoni Iraola joriy yozda «Liverpul» bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Uning boshchiligida «Bornmut» o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasini 6-o‘rinda yakunlab, Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting