locale OZ

Godin Griezmann haqida: «Sening sadoqating va mehnatsevarliging uchun minnatdorchilik bildiraman»

Urugvaylik futbolchi Antuan haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Godin Griezmann haqida: «Sening sadoqating va mehnatsevarliging uchun minnatdorchilik bildiraman»
ФОТО: Getty images

Urugvaylik 40 yoshli sobiq himoyachi Diego Godin “Atletiko”ni tark etayotgan Antuan Griezmann haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Men uyni tark etish naqadar og‘irligini yaxshi bilaman. Do‘st va oila a’zosi sifatida, “Atletiko” muxlislari nomidan senga klub uchun qilgan barcha mehnatlaring uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman: jamoaga bo‘lgan sadoqating, kamtarliging, mehnatsevarliging va eng muhimi — qanday inson ekaning uchun.

Bu xayrlashuv — bir bobning yakunlanishi. Balki bu sening hayotingdagi eng go‘zal sahifalardan biri bo‘lgan. Biroq shu bilan birga, bu har kuni yanada qadrlanadigan va yodda saqlanadigan afsonaning boshlanishi hamdir. Rahmat, do‘st», — deya iqtibos keltiradi Yahoo Sports nashri.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting