locale OZ

Gnabry kelajagi haqida fikr bildirdi

Uning Transfermarkt'dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gnabry kelajagi haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

“Bavariya” vingeri Serj Gnabry jamoada o‘z kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Futbolchi “Gamburg”ga (5:0) qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Hozircha bu haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q. E’tiborim faqat o‘yinga qaratilgan, qolganini keyin bilib olamiz. Qolishni istaymanmi? Albatta, buni istisno qilmayman. Ko‘ramiz”, - dedi Gnabry.

Ma’lumot uchun, Serj Gnabry Germaniya chempionatining joriy mavsumida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting