locale OZ

Gnabri: «Hozircha hammasi ikki tomon uchun ham ijobiy kechmoqda»

«Bavariya» hujumchisi klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gnabri: «Hozircha hammasi ikki tomon uchun ham ijobiy kechmoqda»
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Serj Gnabri klub bilan olib borayotgan muzokaralari haqida gapirdi. Avvalroq myunxenliklar unga 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi ekani, biroq futbolchining maoshi kamaytirilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

«Vaziyat juda sokin. Biz muzokaralarni davom ettiryapmiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hozircha hammasi ikki tomon uchun ham ijobiy kechmoqda, barcha hammasidan mamnun», — deydi Gnabri.

Gnabri «Bavariya»ga 2017 yil yozida, «Verder»dan o‘tib kelgan. 2022 yil iyulida u shartnomasini uzaytirgan va bitim 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda nemis forvardi 18 ta rasmiy o‘yinda 4 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bergan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting