locale OZ

Globe Soccer Awards. 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi

Umumiy roʻyxatdan 11 nafar oʻyinchi oʻrin oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Globe Soccer Awards. 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images

Globe Soccer Awards 2025-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofoti uchun nomzodlarni e’lon qildi. Umumiy ro‘yxatdan 11 nafar futbolchi oʻrin oldi.

Yosh futbolchi mukofoti uchun nomzodlar: Pau Kubarsi («Barselona»), Dezire Due, Joau Nevesh («PSJ»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Arda Gyuler («Real»), Din Heysen («Real»), Mayls Lyuis-Skelli («Arsenal»), Niko Pas («Komo»), Rodrigu Mora («Portu»), Kenan Yildiz («Yuventus») va Eliss Ben-Segir («Bayer»).

Eslatib oʻtamiz, o‘tgan yili eng yaxshi yosh futbolchi «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal deb topilgan edi.

Globe Soccer Awards — bu yillik taqdirlash marosimi bo‘lib, unda futbol olamida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish orqali belgilanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting