Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar maʼlum boʻldi
Oʻtgan mavsum ushbu mukofotni Anchelotti qoʻlga kiritgandi.
FOTO: Getty Images
Globe Soccer Awards 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi nominantlari e’lon qilindi.
Yakunda quyidagi mutaxassislar mukofot uchun kurashadi: Xabi Alonso («Real»), Mikel Arteta («Arsenal»), Luis Enrike («PSJ»), Hans-Diter Flik («Barselona»), Enzo Mareska («Chelsi») va Arne Slot («Liverpul»).
Eng yaxshi murabbiy mukofoti 2012 yildan beri berib kelinadi. Oldin uch marotaba, jumladan 2024 yilda, bu sovrinni Karlo Anchelotti qo‘lga kiritgan. Shuningdek, mukofotni bir marta har bir quyidagi murabbiylar yutgan: Joze Mourino, Antonio Konte, Mark Vilmots, Fernandu Santush, Zinedin Zidan, Didier Desham, Yurgen Klopp, Hans-Diter Flik, Roberto Manchini va Pep Gvardiola.
Globe Soccer Awards marosimi 28 dekabr kuni Dubayda o‘tkaziladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist