Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga daʼvogarlar e'lon qilindi
Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi mukofoti uchun yakuniy nomzodlar e’lon qilindi.
Sovrin uchun da’vogarlar qatoridan quyidagi mutaxassislar joy oldi: Xabi Alonso («Real»), Mikel Arteta («Arsenal»), Luis Enrike («PSJ»), Hans-Diter Flik («Barselona») va Enzo Mareska («Chelsi»).
Globe Soccer Awards — futbol olamida yil davomida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslarni taqdirlashga bag‘ishlangan har yili o‘tkaziladigan nufuzli marosim hisoblanadi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish orqali aniqlanadi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi murabbiyi mukofotini Madridning «Real» klubini boshqargan Karlo Anchelotti qo‘lga kiritgan edi. Hozirda italiyalik mutaxassis Braziliya milliy terma jamoasida faoliyat olib bormoqda.