locale OZ

Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi klubi nomiga yakuniy daʼvogarlar e'lon qilindi

Gʻolib jamoa nomi 28 dekabr kuni aniqlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi klubi nomiga yakuniy daʼvogarlar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images

2025 yilning eng yaxshi klubi nominatsiyasi uchun Globe Soccer Awards mukofotiga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards tashkiloti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

2025 yilning eng yaxshi klubi mukofoti uchun quyidagi jamoalar kurash olib boradi:

«Liverpul»

«PSJ»

«Flamengo»

«Barselona»

«Chelsi»

Globe Soccer Awards — har yili o‘tkaziladigan nufuzli mukofotlash marosimi bo‘lib, unda futbol olamida yil davomida eng katta yutuqlarga erishganlar aniqlanadi. G‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha ovoz berish orqali aniqlanadi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi klub mukofoti madridning «Real» jamoasiga nasib etgan. 2024 yilda «qirollik klubi» Ispaniya chempionati va Superkubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va Qit'alararo kubokni qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting