Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi va eng yaxshi klubi nomiga yakuniy daʼvogarlar e'lon qilindi
Globe Soccer Awards 2025 yil yakunlariga ko‘ra ayollar o‘rtasida eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi klub mukofotlariga da’vogar bo‘lgan finalchilarni e’lon qildi. Bu haqda Globe Soccer Awards X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ayollar o‘rtasida 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi finalchilari:
Aytana Bonmati («Barselona»)
Mariona Kaldentey («Arsenal»)
Melshi Dyumorne («Lion»)
Aleksia Putelyas («Barselona»)
Alessia Russo («Arsenal»)
Ayollar o‘rtasida 2025 yilning eng yaxshi klubi nominatsiyasi finalchilari:
«Arsenal»
«Barselona»
«Chelsi»
«Yuventus»
Globe Soccer Awards — yil yakunida futbol olamida eng katta yutuqlarga erishgan shaxs va jamoalarni aniqlovchi nufuzli mukofot marosimi hisoblanadi. G‘oliblar ovoz berish orqali aniqlanadi. Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadi.