«Global Boxing Forum» tadbiri bo'lib o'tdi
Unda Shohid Tillaboev va Malik Babaevlar ishtirok etishdi.
Фото: Boxing Uzbekistan
Bugun jahon chempionati doirasida IBA tashkiloti tomonidan “Global Boxing Forum” tadbiri tashkil etildi. Unda delegatsiyamizdan, O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboev va federatsiya raisi maslahatchisi Malik Babaevlar ishtirok etdilar.
Ahamiyatli tomoni, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babaevning “Zamonaviy boksni rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risida qilgan chiqishi 108 ta davlat federatsiyasi vakillari tomonidan ko‘tarinki ruhda qabul qilindi.
So‘nggi yillarda O‘zbek boksi jahon maydonida sezilarli darajada o‘sgani, vakillarimizning arenalarda birinchilikni qo‘ldan boy bermayotganliklari ta’kidlab o‘tildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist