locale OZ

Glesner Gehining kelajagi haqida gapirishni istamadi

OAV 25 yoshli futbolchini top-klublar bilan muntazam ravishda bog‘lab turadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glesner Gehining kelajagi haqida gapirishni istamadi
ФОТО: Getty images

Himoyachi Mark Gehining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Uning hozirgi holatidan kelib chiqqan holda, "Kristal Pelas" yozda uni tekin yo‘qotgandan ko‘ra, qishda sotish foydaliroq bo‘lishi mumkin.

OAV 25 yoshli futbolchini top-klublar bilan muntazam ravishda bog‘lab turadi.

Matbuot anjumanida “Kristal Pelas” bosh murabbiyi Oliver Glasner Gehining kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Mutaxassis himoyachining transferini inkor etmadi.

"Bilmayman. Bu klubning qarori bo‘ladi. Mark har hafta "Kristal Pelas" uchun 100% berayotganini ko‘rsatmoqda. Men bu haqida o‘ylamayman — 10 yanvargacha hali 15 ta o‘yinimiz bor."

"Jadval juda tig‘iz, transfer oynasi haqida qayg‘urishdan foyda yo‘q. Biz har doim tayyormiz, lekin nima bo‘lishini bilmayman", - deydi Glasner.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting