locale OZ

Glesner «Bayer»ni boshqarish uchun asosiy nomzod

"Bayer" nomzodlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glesner «Bayer»ni boshqarish uchun asosiy nomzod
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glesner "Bayer"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.

Avstriyalik mutaxassis "dorishunoslar"ning bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

Xabarga ko'ra, Glesnerning agenti va "Bayer" rahbariyati o'rtasida shartnomaning asosiy shartlari bo'yicha muzokaralar ancha oldinga siljigan.

Shu bilan birga, bir necha yil avval Leverkuzen klubi rahbarlari avstriyalik bilan bog'langan, biroq o'shanda uning "Bayer" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi amalga oshmaganligi qayd etilgan.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Glesnerga "Bayer" tarkibi, loyihaning aniq maqsadi va yozda transferlarga 100 million yevro sarflash imkoniyati yoqmoqda.

Yanvar oyida Glesner 2025/26 yilgi mavsum yakunida "Kristal Pelas"ni tark etishini ma'lum qilgan. "Bayer" nomzodlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting