locale OZ

Glasner «Milan»ni boshqarish uchun asosiy da'vogar (Romano)

Kлубda yangi murabbiy nomzodi bo‘yicha allaqachon faol muhokamalar ketmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glasner «Milan»ni boshqarish uchun asosiy da'vogar (Romano)
ФОТО: Getty images

«Milan» yangi bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda va yaqinda Oliver Glasner bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Fabrizio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, avstriyalik mutaxassisning Italiya klubi rahbariyati bilan uchrashuvi kelasi hafta boshiga, katta ehtimol bilan seshanba kuniga rejalashtirilgan. Klubda yangi murabbiy nomzodi bo‘yicha allaqachon faol muhokamalar ketmoqda.

Avvalroq Andoni Iraolaga qiziqish bildirilgani haqida xabar berilgan edi, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik murabbiy bilan muzokaralar oldinga siljimagan. Ta’kidlanishicha, u «Liverpul»dan ehtimoliy taklifni kutgan va bu muzokaralar jarayoniga ta’sir qilgan.

Shunday qilib, Glasner ayni damda «Milan»ga tayinlanish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting