locale OZ

Glasner «Kristal Pelas» bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glasner «Kristal Pelas» bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti
FOTO: Getty Images

Londonning «Kristal Pelas» klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoa bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Avstriyalik mutaxassis kelajakdagi rejalarini belgilab olgan va hozircha butun e’tiborini joriy mavsumni yakunlashga qaratishga qaror qilgan. Glasnerning «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Avvalroq OAVda «Liverpul» rahbariyati Arne Slot iste’foga chiqarilgan taqdirda uning o‘rniga Oliver Glasner nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Xabarlarga ko‘ra, «qizillar» avstriyalik mutaxassisni yaqin kelajak uchun real variant sifatida baholamoqda. Klub rahbariyati Glasner jamoani barqarorlashtira olishiga va shu bilan birga raqobatbardoshligini saqlab qolishiga ishonmoqda.

Angliya Premyer-ligasining 17-turidan so‘ng «Kristal Pelas» turnir jadvalida 26 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting