locale OZ

Glasner bugun «Milan» rahbariyati bilan uchrashadi

Avstriyalik mutaxassis Milan klubi ustozi lavozimiga asosiy nomzodlar qatoriga kiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glasner bugun «Milan» rahbariyati bilan uchrashadi
Glasner bugun «Milan» rahbariyati bilan uchrashadi

"Milan" jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli yaqinda Massimiliano Allegri ishdan bo'shatilganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda.

Insayder Nicolo Schira'ning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, bugun "rossonerilar" vakillarining Oliver Glasner bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Avstriyalik mutaxassis Milan klubi ustozi lavozimiga asosiy nomzodlar qatoriga kiradi.

Glasner "Crystal Palace"ni boshqarmoqda va u bilan so‘nggi mavsumlarda sezilarli yuksalishga erishdi. "Milan" rahbariyati 51 yoshli murabbiyni yangi loyihani boshlash uchun ustuvor variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Glasner "Palace" bilan Angliya Kubogi va Superkubogini, shuningdek Konferensiyalar Ligasini yutgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting