locale OZ

Give me Sport. “Oltin to'p” uchun asosiy da'vogarlar nomi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Give me Sport. “Oltin to'p” uchun asosiy da'vogarlar nomi ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images

Taniqli sport nashri "Give me Sport" 2025 yilgi “Oltin to'p” sovrini uchun asosiy nomzodlar ro'yxatini tuzib chiqdi.

Unga ko'ra, “Parij Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele ushbu mukofot uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinni esa “Barselona” klubi vakili, yosh iste'dod Lamin Yamal egallagan.

Uchinchi o'rindan “Parij Sen-Jermen” yarim himoyachisi Vitinya joy olgan bo'lsa, to'rtinchi pog'onani “Barselona” vingeri Rafinya band etgan. Kuchli beshlikni esa “Liverpul” hujumchisi — Muhammad Saloh yakunlagan.

Quyida sovrin uchun asosiy da'vogar 20 nafar futbolchi ro'yxati bilan tanishasiz:

1. Usmon Dembele – Fransiya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
2. Lamin Yamal – Ispaniya, “Barselona”, hujumchi
3. Vitinya – Portugaliya, “Parij Sen-Jermen”, yarim himoyachi
4. Rafinya – Braziliya, “Barselona”, hujumchi
5. Muhammad Saloh – Misr, “Liverpul”, hujumchi
6. Dezire Due – Fransiya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
7. Xvicha Kvaratsxeliya – Gruziya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
8. Kilian Mbappe – Fransiya, “Real Madrid”, hujumchi
9. Nunu Mendesh – Portugaliya, “Parij Sen-Jermen”, himoyachi
10. Ashraf Hakimiy – Marokash, “Parij Sen-Jermen”, himoyachi

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting