Girou: \"MLSdagi o‘yin uslubi menga mos kelmadi\"
Photo: Getty Images
“Lill” hujumchisi Olivye Girou yangi jamoasiga o‘tishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“MLSdagi o‘yin uslubi menga to‘liq mos kelmadi. 13 yildan so‘ng Fransiyaga qaytish – bu ham imkoniyat, ham g‘aroyib sinov.
Jismoniy holatim yaxshi ekanini his qilyapman, xavotir olmang. Men bu sinovga tayyorman. Yoshimga nisbatan o‘zimni yaxshi his qilyapman va tanam 'to‘xta' demaguncha o‘ynashni davom ettirmoqchiman.
O‘zimni sinash uchun sinovlar kerak, aynan shular faoliyatimni oldinga siljitdi”, – dedi Girou.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli hujumchi "Los-Anjeles"ni erkin agent sifatida tark etdi va Fransiya klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist