«Girona» JCH-2018 g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Girona" klubi "Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqida Marca xabar berdi.
Kataloniya klubi 2018 yilgi jahon chempionini ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Shuningdek, 29 yoshli fransuzga "Rayo Valyekano", "Osasuna" va "Selta" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.
Lemar 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist