locale OZ

Girassiga Saudiya klubidan katta maosh taklif qilindi

Forvardning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Girassiga Saudiya klubidan katta maosh taklif qilindi
ФОТО: Getty images

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skirani xabariga ko‘ra, gineli futbolchiga Saudiya chempionatidan taklif bo‘lgan. Biroq klub nomi oshkor qilinmayapti.

Ma’lum qilinishicha, unga yiliga 20 million yevro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Seru Girassi "Borussiya" safida 65 ta o‘yinda 45 ta gol urgan, shuningdek, futbolchi 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Forvardning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting