Girassi uchun 7 ta klub qiziqmoqda
Joriy mavsumda Seru 17 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Gyrassi faoliyatini boshqa jamoda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, gvineyalik hujumchining shartnomasida alohida band bor. Unda aytilishicha, Gyrassini 2026 yilning yozida 50 million yevroga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Biroq, bu band faqat Yevropaning yettita klubi uchun amal qiladi. Ro‘yxatda "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari bor.
Joriy mavsumda Seru Gyrassi 17 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist