Gimaraesga asosiy da'vogar jamoa nomi ma'lum bo‘ldi
Futbolchining «Nyukasl» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
«Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes kelayotgan yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, 28 yoshli braziliyalik futbolchiga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan «shaharliklar» Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.
Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalardan biri Brunoning transferi uchun 92 million yevro taklif qilsa, «qarg‘alar» transferga rozilik berishi mumkin.
Futbolchining «Nyukasl» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt saytida uning taxminiy qiymati 75 million yevro etib belgilangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist