locale OZ

Gilyermo Ochoa professional faoliyatini yakunladi

Shu tariqa, u 22 yillik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
Gilyermo Ochoa professional faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

Meksika futboli tarixidagi eng buyuk darvozabonlardan biri sifatida e’tirof etiladigan Gilyermo Ochoa professional darajadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Shu tariqa, u 22 yillik faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

Ochoa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislar, jamoa doshlari va oilasiga minnatdorlik bildirdi.

“Orzu meni bunchalik uzoqlarga olib borishini hatto tasavvur ham qilmagandim. Bugun ortga g‘urur bilan qarab, shunday deya olaman: oilamga rahmat, jamoadoshlarimga rahmat, butun faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan har bir muxlisga rahmat. Men millionlab insonlarning mehri va Meksika uchun borimni berganim haqidagi ishonch bilan ketayapman. Biz boshdan kechirgan xotiralarni hech kim tortib ololmaydi. Barchangizga chin qalbimdan rahmat!”

Klublar miqyosida Ochoa Meksikaning “Amerika” jamoasi safida 2005 yilgi Klausura chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Belgiyaning “Standard” (Lyeyj) klubi bilan mamlakat kubogida g‘olib chiqqan.

Meksika milliy terma jamoasi safida esa u olti marta KONKAKAF Oltin kubogini yutib, Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlarida bronza medali sohibiga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting