locale OZ

Gibbs-White \"Manchester City\"ga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gibbs-White "Manchester City"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-White faoliyatini "Manchester City"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" 25 yoshli futbolchi bo'yicha "Nottingem Forest" bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishilgan. Biroq "Nottingem Forest" Gibbs-Whiteni osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas.

Jamoa kelasi yil Yevrokuboklarda o'ynaydigan bo'lsa, futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi. Joriy mavsumda Morgan Gibbs-White klub safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting