locale OZ

Gibbs-Uayt Angliya terma jamoasiga chaqiriladi

Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ma’lum qildi.
Gibbs-Uayt Angliya terma jamoasiga chaqiriladi
ФОТО: Getty images

«Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Angliya terma jamoasiga chaqiruv oladi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ma’lum qildi.

Avvalroq «Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer milliy jamoa yig‘inida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Palmer o‘rniga Gibbs-Uaytni tarkibga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Nottingem Forest»ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. U Premer-ligada 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting