Gerreyru «Benfika»ga oʻtishi mumkin
Portugal futbolchisining myunxenliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini “Benfika”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, lissabonliklar 31 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar. Shaxsan Joze Mourinyoning o‘zi uni “Benfika”ga olib kelmoqchi.
Portugal futbolchisining myunxenliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi. Shu bois, yanvar oyida u nisbatan arzon narxda sotuvga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, klub va o‘yinchi o‘rtasidagi muzokaralar tez orada boshlanishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist