Germaniyalik futbolchi Tomas Myuller «Bavariya»ni tark etmoqda
Germaniyalik yarim himoyachi Tomas Myuller «Bavariya»dan ketishga qaror qildi. U klubda 25 yil o‘ynab, 741 ta o‘yin o‘tkazgan. «Bavariya» o‘z byudjetini tejash maqsadida futbolchi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Hozirda futbolchiga Yevropa va Osiyoning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq 35 yoshli futbolchi o‘z faoliyatini Amerika ligasida davom ettirishga ahd qildi. Tomas Myullerning yillik maoshi 17 million yevroni tashkil etishini ta’kidlash joiz.
Futbolchi nemis klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myuller 2009-yildan beri «Bavariya Myunxen»ning asosiy tarkibida to‘p surmoqda. Uning hisobida 247 ta gol va 273 ta golli uzatma mavjud. Myuller 2024/25-yilgi mavsumda 34 ta o‘yinda maydon egasi bo‘lib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.