locale OZ

Germaniya Yurgen Klopp bilan prinspial kelishuvga erishdi

Mutaxassisning Red Bull'dagi faoliyatini yakunlash bo'yicha yakuniy muzokaralar yaqin kunlarda o'tkaziladi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Germaniya Yurgen Klopp bilan prinspial kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyligiga Yurgen Kloppni tayinlash borasida prinsipial kelishuvga erishdi.

Sky Germany jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, tomonlar o'rtasidagi asosiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishilgan. Endilikda faqat ayrim huquqiy va tashkiliy masalalarni yakunlash qolgan. Shundan so'ng Klopp bilan 2030-yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma rasman imzolanishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, mutaxassisning Red Bull'dagi faoliyatini yakunlash bo'yicha yakuniy muzokaralar yaqin kunlarda o'tkaziladi. Bu masala hal etilgach, DFB Kloppning tayinlanganini rasman e'lon qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokidan so'ng bosh murabbiy Julian Nagelsmann bilan xayrlashgandi. DFB yangi davrni aynan Yurgen Klopp boshchiligida boshlashni rejalashtirmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting