locale OZ

Germaniya terma jamoasining JCh-2026dagi asosiy maqsadi ma’lum boʻldi

Avvalgi ikki mundialda nemislar guruhdan chiqa olmagan edi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Germaniya terma jamoasining JCh-2026dagi asosiy maqsadi ma’lum boʻldi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ichki maqsadi — musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borish. Ushbu vazifa bajarilgan taqdirda, Nemis futbol ittifoqi (DFB) milliy terma jamoaning ishtirokini muvaffaqiyatli deb tan oladi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 va 2022-yillardagi dunyo birinchiliklarida Germaniya terma jamoasi guruhdan chiqa olmagan edi.

2026-yilgi Jahon chempionatida nemislar milliy jamoasi bir guruhda Kyurasao (14-iyun), Kot-d'Ivuar (20-iyun) va Ekvador (25-iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Guruh bosqichi 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Jamoalar oʻzaro aylanma tizimda (har biri uchtadan oʻyin) bahs olib borishadi. Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi terma jamoa, shuningdek, uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting