locale OZ

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida gol urish boʻyicha rekord oʻrnatdi

Nemislar bu koʻrsatkich boʻyicha Braziliyani ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida gol urish boʻyicha rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Germaniya milliy terma jamoasi Jahon chempionatlari finallarida urilgan gollar soni boʻyicha yangi rekord qayd etdi. Bu voqea JCh-2026 «E» guruhi 1-turi doirasida Germaniya terma jamoasi Kyurasaoni 7:1 hisobida tor-mor etgan oʻyinda sodir boʻldi. Uchrashuv AQSHning Xyuston shahridagi «En-Er-Dji Stedium» stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda marokashlik Jalal Jayed bosh hakamlik qildi.

Nemislar ushbu musobaqa finallarida kiritgan gollari sonini 239 taga yetkazib olishdi va bu koʻrsatkich boʻyicha Braziliya terma jamoasini (238 ta gol) ortda qoldirib, mutloq peshqadamga aylanishdi.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi dunyo birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting