locale OZ

Germaniya terma jamoasi 600 nafar muxlisning yoʻl xarajatlarini qoplab beradi

Nemislar oʻz muxlislarini yolgʻiz qoldirmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya terma jamoasi 600 nafar muxlisning yoʻl xarajatlarini qoplab beradi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining Ekvadorga qarshi kechadigan yakuniy uchrashuvi uchun 600 nafar muxlisning yoʻl xarajatlarini qoplab berishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, AQSh'dagi «MetLife» stadioniga muxlislarni olib borish uchun 8 ta maxsus avtobus ajratiladi.

Nemis futbol ittifoqi (DFB) rahbari Andreas Rettigning maʼlum qilishicha, tashabbus terma jamoa ichida paydo boʻlgan. Jarayonda sardor Joshua Kimmix ham faol ishtirok etgan.

«Kimmix pul masalasi bu yerda ahamiyatga ega boʻlmasligi kerakligini aytdi. Xarajatlarning katta qismini futbolchilarning oʻzlari qoplashdi», dedi Rettig.

Maʼlumot uchun, Germaniya va Ekvador oʻrtasidagi uchrashuv 26-iyunga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting