locale OZ

Germaniya Ter Shtegen oʻrniga yangi darvozabon topdi

«Barselona» posboni JCh-2026'ni oʻtkazib yuborishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya Ter Shtegen oʻrniga yangi darvozabon topdi
FOTO: Getty Images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann, agar «Barselona» posboni Mark-Andre ter Shtegen JCh-2026 o‘yinlarida ishtirok eta olmasa, uning o‘rnini bosuvchi darvozabonlar tanlovini amalga oshirdi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, agar Ter Shtegen qaydnomaga kiritilmasa, «Hoffenhaym» vakili Oliver Baumann milliy jamoaning asosiy darvozaboniga aylanadi.

«Bavariya»ga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida «Shtutgart»da o‘ynayotgan Aleksandr Nyubel esa zaxira posboni vazifasini bajaradi. Uchinchi darvozabonning ismi-sharifi esa biroz kechroq ma’lum qilinishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslarida Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting