locale OZ

Germaniya, Shveysariya va Avstriya 72 yil ichida ilk bor bir mundialda oʻynashadi

Oxirgi marta bunday holat 1954 yilda kuzatilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya, Shveysariya va Avstriya 72 yil ichida ilk bor bir mundialda oʻynashadi
FOTO: Getty Images

Germaniya, Shveysariya va Avstriya milliy jamoalari 2026 yilda Kanada, AQSH va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga rasman yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Opta Sport statistik platformasining ma’lumotiga ko‘ra, bu holat tarixda atigi uchinchi bor kuzatilmoqda. Suveren davlat sifatida ushbu uch jamoa birgalikda jahon chempionatida faqat ikki marta — 1934 va 1954 yillarda ishtirok etgan edi.

Yevropa saralashi doirasida Avstriya, Shveysariya va Germaniya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallab, mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi.

2026 yilgi turnir Avstriya uchun tarixdagi sakkizinchi, Shveysariya uchun oʻn uchinchi, Germaniya terma jamoasi uchun esa rekord darajadagi 21-chi Jahon chempionati bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting