Germaniya milliy jamoasi bilan jahon chempioni boʻlgan Diter Xertsog 79 yoshida vafot etdi
Germaniyalik futbolchi Diter Xertsog 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Bundesliganing rasmiy saytida xabar berildi.
Diter Xertsog 1970 yilda Dyusseldorfning «Fortuna» jamoasiga qo‘shilgan va qisqa fursatda klubning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan. Olti yil davomida u «Fortuna» safida 392 ta o‘yin o‘tkazgan, shundan 253 tasi rasmiy bahslar bo‘lib, Xertsog 81 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Uning o‘yinlari Dyusseldorfdan tashqarida ham e’tirof topgan. 1974 yilda Germaniya milliy jamoasi murabbiyi Gelmut Shen uni terma jamoaga chaqirgan va Xertsog o‘sha yili jahon chempionligini qo‘lga kiritgan tarkibning bir qismi bo‘lgan.
Keyinchalik u Leverkuzenning «Bayer» klubiga o‘tgan bo‘lsa-da, uning nomi baribir «Fortuna» bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolgan. Futbolchining 75 yilligi munosabati bilan klub uni «Ruhrdan chiqqan, ammo jahon chempioniga aylangan yigit» deya e'zozlagan — bu ta'rif uning hayot yo‘li va xarakterini to‘liq ifodalaydi.