Germaniya Kubogidagi tartibsizlik oqibatida 85 kishi jarohat qildi
Germaniya Kubogining birinchi bosqichidan o‘rin olgan “Valdhof Manxaym” — “Kayzerslautern” uchrashuvi ommaviy tartibsizliklar bilan yakunlandi. Bahsdan so‘ng futbolchilar o‘rtasida kelib chiqqan tortishuv tribunadagi muxlislarga ham ko‘chib, vaziyat keskinlashdi.
Muxlislar bir-biriga turli buyumlar, jumladan pirotexnika vositalarini uloqtira boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, ayrim ishqibozlar maydonga bostirib kirgan. Tartibni tiklash uchun huquq-tartibot xodimlari aralashgan, voqea joyiga otliq bo‘linmalar ham jalb qilingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida jami 85 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ulardan sakkiz nafari shifoxonaga olib ketilgan. Shuningdek, 35 nafar huquq-tartibot xodimi yengil jarohat olgan. Bir nechta muxlis vaqtincha qo‘lga olingan, hodisa yuzasidan tergov boshlangan.
Ma’lumot uchun, uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlangan. Qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqasida Ibrohim Kanate gol urib, “Kayzerslautern”ga 1:0 hisobidagi g‘alaba va Germaniya Kubogining keyingi bosqichiga yo‘llanma keltirdi.