Germaniya futbol ittifoqi Kloppga yillik 7 million yevrolik shartnoma taklif qildi
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) murabbiy Yurgen Kloppga to'rt yillik shartnoma va yiliga 7 million yevro maosh taklif qildi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 59 yoshli mutaxassis Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmandan ko'proq maosh oladi. Avvalroq ommaviy axborot vositalari Nagelsmannning yillik maoshi 4–6 million yevro atrofida bo'lganini xabar qilgan edi.
Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro futbol aloqalari bo'yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Uning mazkur tashkilot bilan shartnomasi 2029 yil oxirigacha amal qiladi.
Bungacha esa nemis mutaxassisi 2015–2024 yillar davomida Angliyaning "Liverpul" klubini boshqargan.
Eslatib o'tamiz, 3 iyul kuni Germaniya futbol ittifoqi Yulian Nagelsman bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilganini va Yurgen Klopp bilan muzokaralarni boshlash niyatida ekanini rasmiy ravishda ma'lum qilgan edi.