locale OZ

Germaniya futbol ittifoqi Infantinoni qayta saylanishida qo‘llab-quvvatlamadi

Ma'lumotlarga ko‘ra, DFB Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy xatni imzolamagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya futbol ittifoqi Infantinoni qayta saylanishida qo‘llab-quvvatlamadi
Foto: Getty Images

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) FIFA prezidenti Janni Infantinoning navbatdagi muddatga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, DFB Infantino nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy xatni imzolamagan. Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Bernd Noyendorf bu qarorga, jumladan, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun bilan bog‘liq bahsli voqealar sabab bo‘lganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 davomida Balogunning diskvalifikatsiyasi vaqtincha bekor qilingach, u Belgiya terma jamoasiga qarshi 1/8 final uchrashuvida maydonga tushgandi. Aynan ushbu qaror FIFA va Infantino faoliyatiga nisbatan keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Qayd etilishicha, FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylov 18-noyabr kuni Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlarni ko‘rsatish jarayoni esa 18-noyabrgacha davom etadi. Amaldagi prezident Janni Infantino yana bir muddatga o‘z nomzodini ilgari surishni rejalashtirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting