locale OZ

Germaniya futbol federatsiyasi Klopp uchun Red Bull bilan muzokara o'tkazishiga to'g'ri keladi

Red Bull shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun bir necha million yevro miqdorida tovon puli talab qilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniya futbol federatsiyasi Klopp uchun Red Bull bilan muzokara o'tkazishiga to'g'ri keladi
ФОТО: Getty images

Germaniya futbol federatsiyasi (DFB) Yurgen Kloppni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashdan avval Red Bull kompaniyasi bilan muzokara o'tkazishiga to'g'ri keladi. Bu haqda Goal nashri Bild’ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 59 yoshli mutaxassis 2025 yildan buyon Red Bull’ning xalqaro aloqalar bo'yicha direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning kompaniya bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, Germaniya futbol federatsiyasi va Red Bull o‘rtasidagi muzokaralar oson kechmasligi mumkin. Bundan tashqari, Kloppning Germaniya terma jamoasiga tayinlanishi, mutaxassisning xohishiga qaramay, hali kafolatlangan emas.

Xabarga ko‘ra, Red Bull shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun bir necha million yevro miqdorida tovon puli talab qilishi mumkin.

Shu vaqtgacha Germaniya futbol federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyini tayinlash uchun hech qachon boshqa tashkilotga kompensatsiya to‘lamagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting