Germaniya favorit, debyutant Kyurasao. E guruhi bilan tanishamiz
Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun E guruhi navbatida. Bu yerda mezbon Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador joy olgan.
Germaniya
Murabbiy
Nemislarni 38 yoshli Yulian Nagelsmann boshqarmoqda. Sobiq «Bavariya» ustozi 2023 yilda Xansi Flik davridagi omadli natijalardan so‘ng milliy jamoani qabul qilib olgan edi. Euro-2024 musobaqasida nemislar chorak finalgacha yetib bordi va kelajak chempion — Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda mag‘lub bo‘ldi. Mamlakat futbol ittifoqi yaqinda murabbiy bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi.
Nagelsmann — tizimli murabbiy. Uning qo‘l ostida Germaniya top-klubga o‘xshab harakat qiladi: qisqa paslar, yuqori pressing va pozitsion almashuvlar. Biroq terma jamoalar darajasida ko‘pincha realizatsiya, individual mahorat va omad hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Yulduzlar
Germaniya terma jamoasida avlodlar almashinuvi yuz berdi. Toni Kroos, Ilkay Gyundogan va Tomas Myuller kabi yulduzlar ketdi.
Eski avloddan yagona vakil — «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer bo‘lib, u kutilmagan tarzda termaga qaytdi. U Euro-2024dan so‘ng jamoadan ketishini e’lon qilgan, asosiy darvozabon sifatida Mark-Andre ter Shtegen ko‘rilayotgan edi. Biroq jarohatlar sabab u turnirga tayyor bo‘la olmadi. Yoshlar orasida esa Florian Virtz, Jamal Musiala va Kay Haverts asosiy kuch sifatida ko‘zga tashlanadi.
Maqsad
Germaniya guruhdan chiqa olmasa, bu katta muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi. Minimum vazifa — pley-off. Eng real natija — chorak final.
Chempionlik ehtimoli (Opta): 5,1%
Kot-d’Ivuar
Murabbiy
Emers Fae tarixi haqiqiy sensatsiyaga o‘xshaydi. U jamoani Afrika Millatlar Kubogi-2023 paytida qabul qilib oldi va qiyinchilik bilan pley-offga chiqqan jamoani chempionlikka olib chiqdi. U tezlik, jismoniy kuch va qarshi hujumlarga tayanadi. Bu uslub ivuariliklarni ikkinchi raqamda o‘ynaganda juda xavfli qiladi.
Yulduzlar
Jamoa tarkibi juda chuqur va sifatli. Markazda sobiq «Barselona» o‘yinchisi Frank Kessye bor. Himoyada Yevropada talab yuqori bo‘lgan yosh himoyachi Usmon Diomande ajralib turadi. Hujumda esa Yan Diomande porlamoqda. Shuningdek, Amad Diallo, Simon Adingra va boshqa ko‘plab hujumchilar mavjud.
Maqsad
Pley-offga chiqish — asosiy vazifa. Germaniya guruh favoriti bo‘lsa, Ekvador bilan teng kurash olib borish mumkin.
Chempionlik ehtimoli: 0,2%
Kyurasao
Murabbiy
Jamoadi 78 yoshli Dik Advokat boshqarmoqda. U tarixdagi eng kam aholi soniga ega mamlakatni JCHga olib chiqqan murabbiyga aylandi. Yaqinda ular niderlandiyalik mutaxassisni ortga qaytardi.
Yulduzlar
Jamoada katta yulduzlar yo‘q, ammo Leandro Bakuna va Tahit Chong eng ko‘zga tashlanadigan o‘yinchilar hisoblanadi.
Maqsad
Kyurasao uchun asosiysi — tajriba va zavq olish. Jamoa birorta ochko to‘play olmasa ham bu mamlakat uchun fojia emas.
Chempionlik ehtimoli: 0%
Ekvador
Murabbiy
2024 yildan jamoadi Sebastyan Bekkasese boshqarmoqda. U himoyaga tayanadigan tizimni shakllantirdi. Ekvador saralashda atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Yulduzlar
Asosiy yulduz — Moyses Kaysedo. Shuningdek, Vilyan Pacho, Pyerro Inkapiye va Pervis Estupinyan kabi kuchli himoyachilar bor. Hujumda esa tajribali Enner Valensiya hali ham muhim rol o‘ynamoqda.
Maqsad
Guruhdan chiqish — majburiy vazifa. Pley-offda esa Ekvador har qanday raqib uchun noqulay jamoa bo‘lishi mumkin.
Chempionlik ehtimoli: 1,4%