Georgios Donis: «Yamalga oʻxshash futbolchilar maydonda farqni yuzaga keltirishadi»
Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Georgios Donis JCh-2026 doirasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyin (0:4) yakunlarini sarhisob qildi.
«Biz Ispaniyani oʻz jarima maydonchamiz yaqinida ushlab tura olmadik va juda koʻp xatolarga yoʻl qoʻydik. Oʻyin qovushmaganda va qisqa vaqt ichida tezkorlik bilan uchta gol oʻtkazib yuborganingda, ishonchsizlik paydo boʻladi. Biz jamoani tinchlantirdik, ammo bu baribir futbolchilarga taʼsir qildi. Bunday holatlar yirik turnirlarda tez-tez uchrab turadi. Bu ayon masala. Bu yerda hech qanday qoʻrquv yoʻq, biroq omadsiz ssenariy yuzaga kelganda, oʻziga boʻlgan ishonchsizlik hissi paydo boʻladi.
Yamalga oʻxshash, individual sifatlarga hamda yakkama-yakka kurashlarda raqibni aldab oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan futbolchilar maydonda farqni yuzaga keltirishadi. U buni Ispaniyada muntazam ravishda isbotlab kelmoqda. Qachonki u oʻzining optimal jismoniy holatiga kirib borsa, yanada samaraliroq futbolchiga aylanadi», — deya Donisning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.
JCh-2026 guruh bosqichining yakuniy turida Saudiya Arabistoni 27-iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasi bilan toʻqnash keladi.