Gennaro Gattuso «Latsio» bosh murabbiyi — Romano
U Mauritsio Sarri o‘rnini egallaydi.
ФОТО: Getty images
Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Gennaro Gattuso “Latsio”ni boshqaradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X (Twitter) sahifasida xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Latsio” yaqin vaqt ichida mutaxassis bilan rasmiy shartnoma imzolaydi. Gattuso bilan tuziladigan kelishuv 2 yilga mo‘ljallangan. U Mauritsio Sarri o‘rnini egallaydi.
48 yoshli murabbiy yaqinda Italiya terma jamoasini tark etgandi. Uning qo‘l ostidagi jamoa Jahon chempionati-2026 pley-off finalida Bosniyaga (1:1, penaltilarda 1:4) mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasini qo‘ldan chiqargan.
Shu tariqa, Italiya ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist