Gehining «Manchester Siti»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Futbolchi "shaharliklar" bilan 2031 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" "Krital Pelas" himoyachisi Mark Gehi transferini rasman e’lon qildi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisining "shaharliklar" safidagi maoshi bir mavsum uchun 18 million yevroni tashkil etadi.
Klubda faqat hujumchi Erling Holand ko‘proq maosh oladi. Uning maoshi bir mavsum uchun 31,5 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" Mark Gehi transferi uchun 23 million yevro to‘lagan. Futbolchi "shaharliklar" bilan 2031 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda himoyachi klub safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist