locale OZ

Gehi «Man Siti»da tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi

«Kristal Pelas» himoyachisi londonliklar safini tark etishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gehi «Man Siti»da tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi
FOTO: Getty Images

«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gehi «Manchester Siti»ga o‘tishga yana bir qadam tashladi. Futbolchi tibbiy ko‘rikning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klublar transfer shartlarini allaqachon kelishib olgan. Bitimning umumiy qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 20 mln funt sterlingni tashkil etadi.

Mark Gehi «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Kristal Pelas» safiga 2021 yil yozida 23 mln yevro evaziga qo‘shilgan. Himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 mln yevro deb baholamoqda.

Joriy mavsumda Gehi «Kristal Pelas» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting