Gehi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Фото: Sky Sports
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gehi allaqachon "Liverpul" futbolchisi bo‘lishi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi.
Ma’lum qilinishicha, London jamoasi bosh murabbiyi Oliver Glasner kelishuv buzilishining tashabbuskori bo‘lgan. Nemis murabbiyi o‘rinbosar yo‘qligini hisobga olib, Gehini qo‘yib yuborishga tayyor emas edi.
The Times nashrining yozishicha, Mark Gehi "Kristal Pelas"ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha har qanday taklifini rad etadi. Endi himoyachi kelasi yozda erkin agent sifatida London jamoasidan ketishga qaror qildi.
Avvalroq 25 yoshli Gehi "Enfild"ga ko‘chib o‘tish amalga oshmaganidan norozi bo‘lib, "Kristal Pelas"da sardorlik bog‘ichidan voz kechishi mumkinligi xabar qilingandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist