locale OZ

Gehi: «Hamma Guardiola jamoada qolishini xohlaydi»

O‘tgan yili Gehi "Kristal Pelas" bilan Angliya kubogida zafar quchgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gehi: «Hamma Guardiola jamoada qolishini xohlaydi»
ФОТО: Getty images

Mark Gehi "Manchester Siti" safida "Chelsi" ustidan (1:0) qo‘lga kiritilgan Angliya Kubogi finalidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men har bir inson bilan faxrlanaman. Klubimizdagi barcha bu g‘alabaga loyiq. "Kristal Pelas" bilan qo‘lga kiritilgan g‘alaba butunlay boshqacha his edi — bu mening ilk sovrinim bo‘lgan. Bu yil esa og‘ir mavsumdan so‘ng g‘alaba qozondik, shuning uchun har ikkisi ham birdek ajoyib.

2026 yilgi jahon chempionatimi? Juda ko‘p voqealar bo‘layapti. Balki menga yangi “oyoqlar” ham kerak bo‘lar! Oldinda qiziqarli davr turibdi. Hamma Pep Guardiolaning qolishini xohlaydi. U — futbol afsonasi va men bu yerga kelganimdan beri undan juda ko‘p narsa o‘rgandim", — dedi himoyachi.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilgi finalda Gehining sobiq jamoasi — "Kristal Pelas" aynan "Manchester Siti"ni mag‘lub etgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting