Gavi va’dasini bajardi — sochini pushti rangga bo‘yadi
Gavi iyun oyida, Jahon chempionatining guruh bosqichi davomida, Ispaniya terma jamoasi musobaqada g‘olib chiqsa, sochini pushti rangga bo‘yashga va’da bergan edi.
Foto: Getty Images
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib, sochini pushti rangga bo‘yadi. 22 yoshli futbolchi bu haqdagi suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, postga “So‘zining ustidan chiqadigan inson” deya izoh qoldirdi.
Gavi iyun oyida, Jahon chempionatining guruh bosqichi davomida, Ispaniya terma jamoasi musobaqada g‘olib chiqsa, sochini pushti rangga bo‘yashga va’da bergan edi. Ispanlar finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng Gavi bergan va’dasini bajardi va yangi soch turmagini muxlislariga namoyish etdi. “Barselona” futbolchisi Ispaniyaning chempionlik bilan yakunlangan turnirida ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist