locale OZ

Gavi tizzasidan olgan jarohati tufayli 6 haftagacha o‘ynay olmasligi mumkin

U navbatdagi turlarda jamoaga yordam bera olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gavi tizzasidan olgan jarohati tufayli 6 haftagacha o‘ynay olmasligi mumkin
ФОТО: Getty images

Gavi tizzasidan olgan jarohati sababli olti haftagacha safdan chiqishi mumkin. Bu haqida Marca xabar berdi.

"Barselona" yarim himoyachisi o‘ng tizzasida og‘riq sezayotgani ma’lum bo‘lgandi. U La Liga doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi o‘yinlarida ham ishtirok etmadi.

Manbaga ko‘ra, Gavi konservativ davolanmoqda va olti haftagacha maydondan chetda qolishi mumkin. Operatsiya qilinishi varianti ham istisno etilmaydi. Kelasi hafta so‘nggi kunlardagi dinamikani baholash uchun yangi tibbiy yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bu eski jarohatning takrorlanishi emas, balki yangi shikastlanish – og‘riq manbai o‘ng tizzaning boshqa zonasida joylashgan.

Gavi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting