Gavi jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi
U tizzasidagi (menisk) shikastlanishni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotidan o'tdi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi tizzasidagi jarrohlikdan so‘ng 4-5 oy maydondan tashqarida qoladi.
U tizzasidagi (menisk) shikastlanishni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotidan o'tdi.
Bundan oldin futbolchi aynan shu tizzasidagi xochsimon boylamning uzilishi sababli bir yilga yaqin vaqt davomida maydonga tushi olmagan edi.