Gavi «Elche»ga qarshi bahsda jarohat oldi
Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi La Liganing 2-turidan o‘rin olgan "Elche"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 44-daqiqada ispan futbolchisi o‘ng oyog‘ida noqulaylik his qilib, maydonga yiqildi. Shundan so‘ng unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun "Barselona" shifokorlari maydonga chiqdi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng Gavi uchrashuvni davom ettira olmadi. 45-daqiqada uning o‘rniga Pedri maydonga tushdi.
Futbolchining navbatdagi jarohati qay darajada jiddiy ekani tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma'lum bo‘lishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist