locale OZ

Gavi boshpanasiz insonlar uchun uy qurilishiga 1,3 million yevro xayriya qildi

Loyiha futbolchining tug‘ilib o‘sgan shahri — Sevilya yaqinidagi Los-Palasios-i-Vilyafrankada amalga oshiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gavi boshpanasiz insonlar uchun uy qurilishiga 1,3 million yevro xayriya qildi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi xayriya loyihasiga 1,3 million yevro yo‘naltirdi. Mablag‘ uysiz va og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan insonlar uchun turar joy majmuasi qurilishiga sarflanishi rejalashtirilgan.

Loyiha futbolchining tug‘ilib o‘sgan shahri — Sevilya yaqinidagi Los-Palasios-i-Vilyafrankada amalga oshiriladi. Rejaga ko‘ra, majmuada 150 ta turar joy tashkil etilib, jami 300 kishini joylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Gavi bu tashabbus orqali boshpanasiz insonlarga yordam berishni maqsad qilgan. Futbolchi qishning sovuq kechalarida boshpanasiz qolgan odamlarning qiyinchiliklarini ko‘p bora ko‘rganini va imkoniyati bor ekan, ularga yordam berishni o‘z burchi deb bilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Gavi aynan Los-Palasios-i-Vilyafrankada tug‘ilgan. U futbolchilik faoliyatining dastlabki bosqichida “Betis” akademiyasida shug‘ullangan, keyinchalik esa “Barselona”ning “La Masiya” akademiyasiga o‘tgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting